Umumiy qiymati 469 mln dollar bo‘lgan 31 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

    Investitsiyalar 12 Yanvar 2021 776

    “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan umumiy qiymati 469 mln dollarlik 31 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4937-sonli qaroriga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan umumiy qiymati 469 mln dollarlik 31 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

    investitsiya loyihalari

    E’tiborlisi, ushbu loyihalarga 21.6 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, yirik loyihalar asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy, Farg‘ona, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro hamda Toshkent viloyatlarida ishga tushuriladi.

    Eng yirik loyihalardan biri "Qizilqumsement" AJda amalga oshiriladi. Korxonada umumiy qiymati 126 mln dollar bo‘lgan qo‘shimcha klinker (4-liniya) ishlab chiqarish tashkil etiladi. Natijada ishlab chiqarish quvvati 1,8 mln tonnaga ortadi. Hozirda aksiyadorlik jamiyatida qurilish-montja ishlari amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyatida shuningdek, "PETRAWOOL" MChJ QK da bazaltdan mineral plitalar ishlab chiqarish (umumiy qiymati 18,2 AQSh dollar), Tomdi tumanida "Mega kvars" MChJda kvars qumini qazib olish va boyitish (umumiy qiymati 3,9 AQSh dollar) kabi loyihalar ishga tushuriladi.

    investitsiya loyihalari

    Mamlakatimizning Shimoliy hududi bo‘lmish Qoraqlpog‘iston Respublikasida sement ishlab chiqarish bo‘yicha "Qoraqalpoq sement" MChJ QKda qiymati 50 mln AQSh dollarlik yirik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi, ya’ni korxonaning 3-bosqichi foydalanishga topshiriladi. Bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgach ishlab chiqarish quvvati 1,1 mln tonnaga ortadi. Eng muhimi, 100 ga yaqin yangi o‘rinlari yaratiladi.

    Farg‘ona viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha jami umumiy qiymati 50 mln dollar bo‘lgan 5 ta loyiha hayotga tadbiq etilmoqda. Natijada, "Knauf Gips Fergana" MChJ XKda gipsokarton, "Azamat savdo Ziyo" MChJda va "Ulugbek export trade" MChJda mix va burama mixlar, "Flat Tile" MChJda keramogranit va metallogranit, "Agro Impex Valley" MChJda metal konstruksiyalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

    investitsiya loyihalari

    Sanoatlashgan Toshkent viloyatida ham ko‘plab investitsiya loyihalari amalga oshirilyapti. Xususan, hududda joriy yilda quvvati 30 ming tonna kvars qumidan mineral plitalar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega yangi korxona ishga tushuriladi. Shuningdek, linoleum, avtoklav gazobeton bloklari, olovbardosh g‘isht, burama mix, asfalt va temir-beton buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar foydalanishga topshiriladi.

    “Oriyent keramiks” MChJ tomonidan Toshkent shahrining Sergeli tumanida yiliga 9,0 mln.kv.m. keramik plitka ishlab chiqarish imkoniyatiga ega korxona barpo etilmoqda. Shuningdek, poytaxtda "ALMUS" MChJda umumiy qiymati 6 mln dollar bo‘lgan DSPni laminatsiya qilish, "GRAND ROAD TASHKENT" MChJ tomonidan yiliga 80 ming kv.m tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash loyihasi amalga oshirilayapti.

    investitsiya loyihalari

    Albatta, ushbu investitsiya loyihalarini foydalanishga topshirish orqali mamlakatimizda sifatli, jahon standartlariga mos qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, qolaversa, qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talab qoplanadi. Eng muhimi yangi ish o‘rinlari yaratiladi.