Umumtaʼlim tizimini takomillashtirishda Jahon banki hamkorlik qiladi

    Xalqaro hamkorlik 3 May 2022 977

    Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov 3-mayda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalari taʼlim sektori menejeri Garmi Patrinos va Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda taʼlim tizimini isloh qilish boʻyicha keyingi qadamlar va uni iqtisodiyotning jahon andozalari darajasidagi tizimiga aylantirish hamda mamlakatning iqtisodiy oʻsishi va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xalqaro tajribalarni tatbiq qilish, shuningdek, “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish asosida mamlakatimizda iqtisodiy oʻsish suratlarini oshirishga qaratilgan” yangi investitsiya loyihasi Jahon bankining 2022-2026-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston bilan hamkorlik dasturi doirasida muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida Xalq taʼlimi tizimidagi oʻqituvchilarning bilim va malakalarini yanada oshirish, bunda, taʼlim yoʻnalishidagi xalqaro ekspertlar va konsultantlarni Oʻzbekistonga jalb etish boʻyicha aniq rejalar belgilab olindi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.