UNESCO Venetsiyani yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turgan joylar ro'yxatiga kiritishga chaqirdi

    UNESCO Venetsiyani yana yo'qolib ketish xavfi ostida turgan Butunjahon merosi obyektlari ro'yxatiga kiritishni maslahat berdi.

    Mutaxassislarning fikricha, shahar infratuzilmasining rivojlanishi, iqlim o'zgarishi oqibatlari, shuningdek, ommaviy turizm Venetsiyaning “o'ziga xos umumbashariy qiymatiga ortga qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlar” asosida tahdid solmoqda.

    Shu munosabat bilan UNESCOning Butunjahon merosi markazi “Venetsiyani yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turgan Butunjahon merosi obyekti sifatida ro'yxatga olishni tavsiya qiladi”. Tashkilot a'zolari ushbu tavsiyani kuzda bo'lib o'tadigan yig'ilishda ko'rib chiqishi kutilmoqda.

    Bundan ikki yil avval UNESCO ekspertlari shahar maqomini o'zgartirishga chaqirgan, biroq o'sha paytda bu tashabbus ma'qullanmagan edi, deb xabar beradi mir24.tv.