Talaba 75 million soʻmdan ortiq pulni oʻgʻirladi

    Talaba ushbu jinoiy rejasini bank filiallaridan birida amaliyot oʻtayotgan vaqtida tuzgani maʼlum boʻldi.

    Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi M.Sh. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uning bank kartasidan 75.700.000 soʻm pulni yechib olganini bildirdi.

    Shuningdek, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni va pullarni qaytarishda yordam soʻragan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, ushbu jinoyatni universitet 4-kurs talabasi, 1997-y.t. M.A tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

    M.A. ushbu jinoiy rejasini bank filiallaridan birida amaliyot oʻtayotgan vaqtida tuzgani maʼlum qilib, bank tizimi orqali notanish shaxs nomidagi bank kartasini faollashtirgani va jabrlanuvchiga qoʻngʻiroq qilib bank xodimi ekanligini bildirib, sms-xabarnomani qoʻlga kiritgan hamda mavjud boʻlgan barcha pullarni nomaʼlum shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga oʻtkazib olib, turli bankomatlar orqali pullarini yechib olganini bildirgan.

    M.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.