Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.O. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uning jiyanini oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar, amaldagi qonunchilikka koʻra, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam ball toʻplagan abituriyentlarga ham oshirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovini toʻlash sharti bilan oʻqishga kirish imkoniyati yaratilgan.
Agarda oʻqishga kirish uchun yetarli ball toʻplay olmagan boʻlsangiz, oliy taʼlim muassasasiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.