“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 109 nafar talabasi bakalavrlik va 23 nafari magistrlik diplomlarini qoʻlga kiritdi.

Nazariy bilimlarni oʻzlashtirgan bitiruvchilar oʻz koʻnikmalarini logistika kompaniyalarida, tashkil etilayotgan “Samarqand turizm markazi”da, Event agentliklarida, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasida, mehmonxona, turli turistik va xizmat koʻrsatish korxonalarida amaliyotda qoʻlladilar.

Shu kunga qadar bitiruvchilarning qariyb 100 nafari oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashgan.

Diplomlar topshirish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov ishtirok etdi.