Fargʻona viloyati Rishton tumanida yashovchi fuqaro Q.M. ariza bilan murojaat qiladi.
Taʼkidlanishicha, nomaʼlum shaxs unga tegishli boʻlgan bank kartasidan “Click Evolution” mobil ilovasi orqali 8.000.000 soʻm pul mablagʻini yechib olgan. Arizada nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrish soʻragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni oʻzlashtirgan shaxs Fargʻona viloyati Quva tumanida yashovchi 1990-y.t., S.J. ekanligi aniqlangan.
U “Bilayn” uyali aloqa kompaniyasidan yangi raqam rasmiylashtirib olib uni “Click Evolution” mobil ilovasidan roʻyxatdan oʻtkazganida begona bank kartasi SMS-xarabnomasi va boshqaruvi mavjudligidan foydalanib, ushbu jinoyatni amalga oshirgani maʼlum boʻldi.
S.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.