Boks qiroli, afsonaviy Muxammad Ali asli yaponiyalik boʻlgan MMA vakili bilan ham jang qilganini eshitganmisiz?
1976-yilda Muxammad Ali oʻz faoliyatining choʻqqisiga chiqqan va boksda tengi yoʻq deya nom olgan paytlarda, yaponiyalik resling ustasi Antonio Inoki oʻrtasida oʻzgacha jang tashkil qilingan.
Jang koʻpchilik kutganchalik qiziqarli oʻtmaganligi bois, hozirda u haqda deyarli hech kim eslamaydi.
Chunki 10 raundni yaponiyalik restler deyarli toʻliq yerga yotgan holda oʻtkazib, faqatgina Alining oyogʻiga zarba berish bilan kifoyalangan.
Ali ham, oʻz navbatida, “yotib” jang qilayotgan noqulay raqibiga nisbatan deyarli hech nima qila olmagan.
Boks va resling sportlarining aralash qoidalari bilan oʻtkazilgan ushbu jangda durrang qayd etilgan.