Xorazm viloyati markazi Urganch shahri qiyofasi keyingi uch-toʻrt yilda tanib boʻlmas darajada oʻzgardi – koʻp qavatli turar joy binolari, sanoat korxonalari, maishiy xizmat maskanlari bunyod etildi. Shaharni zamonaviy megopolisga aylantirish jarayoni izchil davom qilmoqda.

Endilikda shaharning oʻz “city”si ham boʻladi.

Kuni kecha Turkiyadagi mashhur “UNSAL GROUP” kompaniyasi bosh direktori Orxan Unsal viloyatga tashrif buyurdi va yangi majmua barpo qilinishi rejalashtirilgan hudud bilan tanishdi.

Turkiyalik investor “URGENCH CITY” qurilishi uchun qiymati 100 million AQSH dollariga teng loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan.

Yangi qurilajak maskan “tadbirkorlik majmuasi” maqomida boʻlib, bu yerda koʻp qavatli zamonaviy turar joylar, ishlab chiqarish inshootlari, dam olish maskanlari hamda savdo shoxobchalari quriladi, deya xabar beradi “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri Roʻzimboy HASAN.