Urganch aeroporti vaqtincha yopildi

    Urganch aeroportida rekonstruksiya sabab aviaqatnovlar Nukus aeroportiga koʻchiriladi.

    Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

    Urganch xalqaro aeroporti 20-iyuldan 7-avgustgacha rekonstruksiya qilish uchun vaqtincha yopilishi munosabati bilan, Urganchdan rejalashtirilgan aviaqatnovlarning bir qismi Nukus xalqaro aeroportiga koʻchiriladi.

    Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Uzbekistan Airports tomonidan Urganch va Nukus shaharlari aeroportlari oʻrtasida avtobus qatnovi tashkil etildi.

    Avtobuslar jadvali havolada mavjud, qoʻshimcha maʼlumot olish va avtobuslar jadvaliga aniqlik kiritish uchun Oʻzbekiston aeroportlari aloqa markaziga telefon orqali murojaat qiling +998 55 501 45 55, — deyiladi xabarda.