Unga tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakultetiga 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari taklif etildi.

Ota-onalar bilan uchrashuvda universitet rektori B.Abdullayev boshchiligida rahbariyat, fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

 Rektor ota-onalarni tabriklash barobarida, ularning taklif va istaklarini eshitdi.

Shuningdek, rahbariyat tomonidan universitet ichki tartib-qoidalari haqida tushunchalar berilib, taʼlim va tarbiya jarayonlari ota-onalar bilan doimiy hamkorlik va hamjihatlikda olib borilishi taʼkidlab oʻtildi. Universitet faoliyati, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

Soʻngra, ota-onalar universitet boʻylab sayohat qilishdi, zamonaviy taʼlim jarayonlari, oʻquv-laboratoriya xonalari, axborot-resurs markazlari, talabalar turar joylari bilan bevosita tanishdilar.

UrDU Matbuot xizmati