Qassobchilik faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan boʻlgan, Urganch tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, kelgusida tadbirkorlik faoliyatining soliq organlari tomonidan tekshirilmasligini taʼminlab berishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan 300 000 soʻm pul talab qilgan, Z.Q. joriy yilning 25-avgust kuni Xorazm viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida talab qilgan summadagi pulni olayotgan paytida jinoyat ustida qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati