3 qavatli bino respublikamizdagi eng katta DXA markazlaridan biridir. Yangi binoda aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo'lib, xodimlar «tezkor, shaffof va qulay» tamoyili asosida xizmat ko'rsatishadi.

Ilgari aholiga kuniga 700ga yaqin davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lsa, yangi bino ishga tushishi bilan kuniga 2 mingga yaqin xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratildi. 

DXA binosining ochilish tadbirida viloyat hokimi Farhod ermanov, Urganch shahar hokimi Shuhrat Abdullaev, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mehnat faxriylari ishtirok etishdi.