Kecha 4-oktyabr kuni “Uzbekistan Airways” Milliy aviakompaniyasining Airbus A320 Neo samolyoti Leonardo da Vinchi nomidagi Rim-Fiumicino xalqaro aeroportiga 116 nafar yoʻlovchini yetkazdi.
Seshanba kunlari Urganchdan Rimga muntazam reyslar amalga oshiriladi. Rimdan Toshkentga qaytish reyslari ham shu kunga rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning avgust oyida Urganch — Milan — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar ochilgan edi. Muntazam reyslar juma kunlari amalga oshiriladi.