Xayriya tadbirida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj ko'zi ojiz insonlar, Urganch shahar ko'zi ojizlar jamiyati a'zolari taklif etilib, xayriya dasturxoni yozilib, unga milliy taomlarimiz tortildi.
Eng muhimi, tadbir tashabbuskorlari bo'lgan Urganch shahar hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boshqaruvi, uning shahar bo'linmasi xodimlari tomonidan ana shu insonlarga mehr, e'tibor ko'rsatishdi.
Davlatimiz tomonidan shu toifadagi insonlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar to'g'risida so'z yuritilib, homiylar, tadbir tashabbuskorlari tomonidan moddiy qiymatlikka ega bo'lgan sovg'alar topshirildi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati