Urganchga yangi aviareys yoʻlga qoʻyildi

    Urganch xalqaro ayeroportida “Sentrum Air” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent–Urganch yoʻnalishida yangi yoʻlovchi qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    Yangi reys — zamonaviy “Airbus A 330” bortida amalga oshirildi.

    Parvozning ilk yoʻlovchilari orasida xorijlik sayyohlar, respublikaning turli hududlaridan kelgan mehmonlar, fotograf va jurnalistlar bor. Samolyot Xorazm anʼanalariga xos tarzda – karnay-surnay sadolari, oʻzbekona non-tuz, koʻtarinki kayfiyat bilan kutib olindi. Bu qadimiy Xorazm zaminining mehmondoʻstligi va qadriyatlari timsolidir.

    Keng fuzilyajli 347 oʻrindiqqa ega boʻlgan “Airbus A 330” samolyoti ilk parvozini Urganchga amalga oshirdi.

    Bort yoʻlovchilar bilan toʻliq holda uchib yetib keldi.

    Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish boʻyicha Janubiy Koreyaning “Incheon” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlar boshlangan. Bu tashabbus orqali xalqaro standartlarga javob beradigan xizmat turlarini joriy yetish, tashqi turistlar oqimini koʻpaytirish, eng asosiysi, Xorazm viloyatini global turistik xaritada yanada koʻzga koʻringan hududga aylantirish maqsad qilingan.