Loyiha tashabbuskorlari tomonidan berilgan maʼlumotlarga qaraganda sunʼiy yoʻldosh orqali Urgut shahridagi suv quvurlarining 300 dan ortiq hududlarida nosozliklar aniqlangani va buning natijasida analitik tahlillarga asosan yiliga 1.8 million kub.metr suv isrof boʻlishi aytilmoqda.
Ushbu muammoni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan Samarqand viloyati hokimligi, viloyat hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi, Urgut tumani hokimligi masʼullari hamda soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv natijasiga koʻra shu kunning oʻzida amaliy ishlar boshlab yuborildi.