Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Urguttumangaz” GTB suyultirilgan gaz xizmati chilangar-taʼminotchisi F.P. soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aholiga tarqatilishi lozim boʻlgan 110,7 mln soʻmlik suyultirilgan gazni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu pul mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.