Holatga tuman hokimligi munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, joriy yilning 19-iyul kuni kech soat 22:00 atrofida Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ikki nafar bemor oziq-ovqatdan o‘tkir zaxarlanishga gumon tashxisi bilan bo‘limga olib kelindi.
Bemorlar bilan suhbatda ular to‘yda turli salatlar yeganini ma’lum qilishdi. Shifokorlar tomonidan kelgan bemorlarga kerakli muolajalar o‘tkazildi.
Tuman sanitariya va osoyishtalik markazi xodimlari hamda uchastka tibbiyot xodimlari bemorlarning yashash hududidagi kasallikka gumonlanganlarni tuman tibbiyot birlashmasining Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga kuzatuvga olib kelingan.
Gumondorlar tekshiruvdan o‘tkazilib, qoniqarli ahvoldaligi sababli uyiga javob berilgan. Hozirgi vaqtda shifoxonada ikki nafar bemor kuzatuvda. Ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.
Holat “Jozmon” mahallasida deb noto‘g‘ri ma’lumot berilgan. Holat Urgut tumanining “G‘ishtmachit” mahallasida sodir bo‘lgan.
Urgut tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi 80 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun qo‘shimcha 10 ta o‘rin tashkil etilgan. Ayni paytda yuqumli kasalliklar bo‘limida 85 nafar bemor davolanmoqda.
"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 200 nafarga yaqin odamlar Urgut tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotibdi deb tarqalgan xabar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.