Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti olimi nufuzli Xalqaro akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi

    Fan 26 Fevral 2021 1728

    Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi 2020-yil natijalariga koʻra Qozogʻistonning “Tovar va xizmatlar milliy reytingi”da “Qozogʻistonning 2020-yildagi eng yaxshi korxonasi” faxriy unvoniga loyiq deb topilib, “Sapa jұldыzы” (“Sifat yulduzi”) bilan taqdirlandi.

    Bu muvaffaqiyatda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodiyotda matematik metodlar kafedrasi professori, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi Rabbim Fayziyevning ulkan hissasi bor.

    Shuning uchun R.Fayziyev ushbu nufuzli akademiyaning “Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining yubiley oltin medali” bilan taqdirlandi.

    Maʼlumot oʻrnida: R.Fayziyev 1957-yilda Urgut tumanidagi Qalandar qishlogʻida tugʻilgan. Tumandagi 93- va 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent bank kolleji, Toshkent moliya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish institutida ishlagan. Hozirgi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida professor.

    Munira Toʻrayeva.