Chunki xastalik belgilarini emas, uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish muhim. Buning uchun esa ilmiy-amaliy yondashuvlar juda zarur! Mamlakatimizda 18 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, ularning hududlarda 174 ta filiali hamda tumanlarda 310 ta bo'limi tashkil qilinishiga xuddi shu omil asos bo'ldi. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi — shulardan biri. Hozir bu muassasa zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan ta'minlangan. YUqori malakali mutaxassislarga ega. Salohiyati jihatidan Markaziy Osiyoda etakchi o'rinda turadi. SHu bois bu erga murojaat qilayotganlar orasida qo'shni davlatlar hamda uzoq xorij mamlakatlari fuqarolari ham bor.

Umuman, o'tgan yili markazga konsul`tativ yordam uchun murojat qilganlar soni 51169 nafarni tashkil etdi. Ulardan 21400 nafari davo muolajalarini oldi. 7818 nafar bemorda jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi. Operatsiyalarning 60 foizdan ortig'i yuqori texnologik usulda bajarildi.

—Muassasamizda buyrak va peshob yo'llari toshlarini diagnostika qilish va davolashning eng ilg'or usullari joriy qilingan, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Shuhrat Muxtarov. — Bular oddiy operatsiyalardan tortib, barcha turdagi endourologik amaliyotlar, retroperitoneoskopik va laparoskopik muolajalar hamda peshob yo'lidagi toshlarni masofadan turib maydalash texnologiyalarigacha qamrab oladi.

Qolaversa, bu erda urologik xastaliklarni  davolashda kam shikast etkazadigan amaliyotlardan foydalanish choralari ko'rilyapti. Natijada tosh kasalliklarida ochiq turdagi jarrohlik operatsiyalari hajmi 2,5 foizga etkazildi. Bu dunyoning etakchi klinikalaridagi ko'rsatkichlar darajasiga teng.

Bugun poytaxtimizda o'tkazilayotgan O'zbekiston urologlarining 2-plenumida shu yutuqlar ham tilga olindi. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va O'zbekiston urologlar ilmiy jamiyati tomonidan tashkil etilgan tadbirda Germaniya, Turkiya, Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining etakchi klinikalaridan tashrif buyurgan olimlar ishtirok etmoqda. Ular sohaga doir bilim va tajribalari bilan o'rtoqlashyapti.

Sog'liqni saqlash vazirligi

matbuot xizmati.