Bu yerda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qovoq ekinidan yuqori hosil olish, dala chetlari hamda aholi tomorqalarida qovoq yetishtirish maqsad qilingan.
Bugungi kunda urugʻlar respublika hududlaridagi elita urugʻchilik xoʻjaliklarida ekilib, turli tuproq-iqlim sharoitlarida sinash hamda koʻpaytirish boʻyicha ishlar olib borilyapti.

Xususan, Namangan viloyatining Mingbuloq elita urugʻchilik xoʻjaligi uchun qovoqning «Lagmani», «Leninabadskaya», «Odesskaya», «Osh kadu», «Atlas kadu», «Surx kadu» navlari olib kelindi. Asosiy maqsad urugʻlarni koʻpaytirib, kelgusida agroklasterlar, fermerlar hamda tomorqa yer egalariga arzon va sifatli qovoq urugʻlarini yetkazib berish. Xuddi shu ishlar Surxondaryo viloyatlari elita urugʻchilik xoʻjaliklarida ham davom etmoqda, deb xabar beradi Qishloq xoʻjalik vazirligi matbuot xizmati.