Shu sababli u urug'likka to'lagan pulini qaytarib olishda amaliy yordam ko'rsatilishini so'rab tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Murojaatchiga ko'ra, u tuman dehqon bozori hududida joylashgan urug'chilik savdo do'konidan “Fresko F1” navli karam urug'ining 80 qutisini 20 million 850 ming so'mga sotib olgan. Joriy yilning mart oyi boshlarida urug'lar undirilib, ko'chatbop bo'lgach, dehqonlar tomonidan agrotexnik harakatlar amalga oshirilib, dala maydoniga ko'chirib o'tqazilgan hamda sug'orish va mineral o'g'itlar berish tadbirlari o'z vaqtida bajarilgan.
– Odatda bu kabi tadbirlar o'z vaqtida va to'g'ri ketma-ketlikda o'tkazib borilishi hosildorlikni ta'minlab bersa-da, negadir ushbu holatda karam ko'chatlari hosilga kirmasdan qolavergan. Buning ortidan kelib chiqqan tushunmovchiliklar natijasida A.Otajonov sotuvchiga murojaat qilib, urug'likning sifatsiz chiqqani yuzasidan o'z e'tirozini bildirgan, lekin masala ijobiy hal etilmagan, – deydi Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi Dilobar Dadaxonova. – Mutaxassislarimiz fuqaro murojaati asosida sotuvchi bilan uchrashib, amaldagi qonunchilik talablari bo'yicha tushuntirish va targ'ibot ishlarini olib bordi. Natijada fuqaroga karam urug'i uchun to'lagan puli to'liq qaytarib olib berilishiga erishildi.