Urugvayning Oʻzbekistondagi elchixonasiga yangi Elchi tayinlandi

    Urugvayning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Daniyel Kastillos Gomes Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi.

    Bu haqda Oʻzbekiston TIV Matbuot xizmati xabar berdi.

    “Tashqi ishlar vazirliklari, parlamentlar va boshqa idoralar oʻrtasida faolroq muloqotni rivojlantirishga ehtiyoj mavjud. Mamlakatlarimiz ikki tomonlama munosabatlarini yanada jadallashtirish yangi imkoniyatlar eshigini ochadi va barchamiz bundan manfaatdormiz. Oʻzbekistonga xush kelibsiz, janob Elchi”, - deyiladi xabarda.