Ushbu haftada bahor fasli biz uchun qanday ob-havoni tayyorladi

    Yashil sayyora 1 Mart 2021 3272

    Bugun, bahor faslining birinchi kunida Oʻzbekiston hududi boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 13-18° iliq boʻladi, bu meʼyordan 2-4° ga yuqoridir.

    Ertaga respublika hududlari boʻyicha kun davomida havo bulutli boʻlishi kutilmoqda. Buning hisobiga havo harorati kunduz kunlari biroz pasayadi va 10-15° iliqni tashkil etadi, ammo ob-havo hali ham yogʻingarchiliksiz boʻlishi saqlanib turadi.

    3-martda respublika hududlariga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, koʻpchilik viloyatlarda biroz yomgʻir yogʻadi, faqat Buxoro va Navoiy viloyatlarida asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi va Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab 3-martda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi kuzatiladi.

    4-5-martda Oʻzbekiston hududiga yana nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi, buning natijasida barcha joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, togʻli hududlarda 4-martdan 5-martga oʻtar kechasi baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin. 5-martda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi.

    Havo harorati 3-5-martda kechasi 0-5° iliq, kunduz kuni 10-15° iliq atrofida boʻladi, 5-martda 8-11° iliqgacha biroz pasayadi.

    1-5-martda Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi, ehtiyot boʻling!