ertaga mamlakatimiz hududiga kuchsiz havo oqimining kirishi kutilmoqda, natijada harorat biroz - kechasi 18-23, kunduzi 30-35 darajagacha pasayadi. Ish haftasining oxiriga kelib harorat ko'tarila boshlaydi va 33-38 darajani tashkil qiladi.
Bugun va ertaga respublika tog'li hududlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq bo'lishi mumkin, deb xabar beradi O'zbekiston gidrometeorologiya markazi.