Bugun Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kunduzi havo 0-3o iliqgacha isiydi, faqat baʼzi joylarda biroz manfiy harorat saqlanib turadi.

Ertangi kundan boshlab antitsiklon taʼsiri asta-sekin kuchsizlashadi. Sovuq havo massasi nisbatan iliq havo bilan oʻrn almashadi. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib kechalari sovuq 0o gacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari esa havo 7-10o iliqgacha, baʼzi joylarda 14o iliqgacha isiydi, bu haroratning oʻrtacha koʻp yillik qiymatlariga yaqindir.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

12-14-dekabrda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.