Ushbu ish haftasi momaqaldiroq va yomgʻirlar bilan oʻtsada, yuqori harorat saqlanib qoladi

    Bugun kunduzi Oʻzbekiston boʻyicha yoz faslining oʻrtasi uchun 32-35 daraja, janubda va choʻl hududlarda 38-40 darajagacha boʻlgan qulay harorat kuzatiladi.

    Respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Ertaga havo harorati koʻtarila boshlaydi va ish haftasining oxirigacha

    35-39 daraja atrofida, janubda 42 darajagacha boʻladi. Ushbu davrda yomgʻir yogʻishi kutilmaydi.

    Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

    Respublikaning togʻli hududlarida 8-12-iyul kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    8-9-iyulda Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Poytaxtimizda: bugun qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi, shamol 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35 daraja atrofida boʻladi.

    9-12-iyul kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38 daraja boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.