Unga koʻra, ushbu ish haftasi davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati asta-sekin koʻtarilishi davom etadi. Bugun kunduzi respublika hududining katta qismida harorat 30-35 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 38 darajagacha boʻladi, hafta oʻrtasiga kelib esa havo 36-39 darajagacha, janubda 42 darajagacha isiydi.

Respublikaning shimolida bugun va ertaga havo harorati 38-40 daraja boʻlgan eng issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, chorshanba kunidan boshlab harorat asta-sekin 32-37 darajagacha pasayishi boshlanadi.

3-4-iyunda shimolda va choʻl hududlarda, 4-iyunda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda: havo asosan kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun 30-32 daraja, ertaga 33-35 daraja, chorshanba va payshanba kunlari 35-38 daraja boʻladi.