Koʻpchilik viloyatlarda baʼzi joylarda qor koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik, sharqiy hududlarda esa (Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida) asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Faqat respublikaning janubida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja iliqni, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.

31-yanvar 1-fevral kunlari respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-15 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida boʻladi.

Ushbu ish haftasi davomida respublika boʻyicha baʼzi joylarda tuman tushishi kuzatiladi.

29-yanvardan 31-yanvargacha Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Poytaxtimizda: bugun vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 5-7 daraja iliqni tashkil etadi.

Seshanba va chorshanba kunlari biroz yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi) boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

30-yanvarda kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 4-6 daraja iliq, 31-yanvarda kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq boʻladi.

1-fevralda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqni, kunduzi 3-5 daraja iliqni tashkil etadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.