Ushu: Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz sovrindor boʻldi

    Shu kunlarda Makaoda ushu boʻyicha kattalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan X Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar sovrindorlar qatoridan joy oldi.

    Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, ikki karra Osiyo oʻyinlari va jahon chempionati sovrindori Darya Latisheva Makaoda tashkil etilgan qitʼa chempionatida ikkita medalni qoʻlga kiritdi.

    24 yoshli Darya Latisheva ushuning nangun yoʻnalishida bronza va nandao bahslarida kumush medalga ega chiqdi.

    Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilgan Saydullo Abdurashidov sanda yoʻnalishining -56 kilogramm vaznida bronza medaliga sazovor boʻldi.