Usta dehqonlarga subsidiya ajratiladi

    Hududiy mehnat organi «mahalla yettiligi« tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra aniqlangan usta dehqonlar bilan mahallaning 50 foiz xonadonlari tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyishni oʻrganib chiqadi.

    Hukumat qarori (317-son, 13.05.2025-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi toʻgʻrisida” gi nizom tasdiqlandi.

    Nizom Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibini belgilaydi.

    Quyidagilar jamgʻarma hisobidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash turlari hisoblanadi:

    • har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsiya loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratish;
    • usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;
    • muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyib bergan usta dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratish;

    Hududiy mehnat organi «mahalla yettiligi« tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra aniqlangan usta dehqonlar bilan mahallaning 50 foiz xonadonlari tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyishni oʻrganib chiqadi.

    Vazirlik oʻn ish kunida takliflarni oʻrganib, mahallaning 50 foiz xonadoni tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yoʻlga qoʻyadigan usta dehqonlarni tanlaydi.

    Hududiy mehnat organi bir ish kunida subsidiyani «Onlayn mahalla« elektron platformasidagi usta dehqonlarning bank kartalariga oʻtkazib beradi.