Xizmatlaring buyuk xalqim oldida

Sen bilan toʻliqdir farzand kamoli.

Gʻayrat-shijoating bilganda hatto

Tan bergan boʻlardi tinmas chumoli.


Maktab ham boʻlakcha oynai jahon

Sen uning yetuk bir suxandonisan.

Yurt-jahon, oʻtmish va kelajak haqda

Topib soʻzlaydigan aql konisan.


Xat tanib, hisobni oʻrgangan goʻdak

Dunyoni charogʻon ekanin anglar.

Hodisalar siri,modda tarkibi,

Yashil dunyo haqda u jon deb tinglar.


Bolalar gʻayratli,bilimga chanqoq

Demak ming bir savol berishi tabiiy.

Erinmay tushuncha berasan har chok-

Bejiz berilmagan noming-murabbiy.


Sen yoʻling topsayding — olib qoʻyarding

Dunyoni bolaning guldek kaftiga.

Axir axloq yukin uchdan birini

Oʻzingmasmi olgan ikki kiftingga.


Bu yurtda neki kasb-hunar egasi —

Bir paytlar oʻzingga shogird edilar.

Olim, shoir, hofiz, rassom, bastakor

Shogird ustozidan utar deydilar.


Senchi quvonasan yutuqlaridan

Xuddi sovgʻa olgan murgʻak boladek.

Mening oʻquvchim deb toshib soʻzlaysan

Farzanding yutugʻin koʻrgan onadek.


Demakki,sen buyuk,sen tengi yuksan

Ularga otasi, onasi kabi

Toʻgʻri yoʻl koʻrsatib bergan mayoqsan

Obroʻying yuksalsin ustoz-murabbiy.


Mayli,birov bilsin,birov bilmasin:

Sen mehnat qilaver yurt ertasi deb.

Ey, muallim-ustoz qadring oʻlmasin

Sen faqat yashagin noning halol yeb.

Saʼdulla Qoplonov,

Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi 11-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi.