O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya federatsiyasi o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2023 yil 17 avgust kuni “UVT AERO” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Qozon – Samarqand – Qozon yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatasion ruxsatnoma berildi. 

Aviakompaniya parvozlarni CRJ-200 rusumli havo kemalarida amalga oshiradi.