Tadqiqot mualliflarining fikriga ko'ra, COVID-19 rasman ma'lum qilinganidan bir necha oy oldin tarqalgan bo'lishi mumkin.

Rasmiy versiyaga ko'ra, koronavirus bilan bog'liq dastlabki holatlar 2019 yil dekabr oyining oxirida Uxan shahrida qayd etilgan. Ammo odamlar Sars-CoV-2 ni bir necha hafta oldin yuqtirgan bo'lishi mumkin. Uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan ushbu taxminni endi Amerika olimlarining yangi tadqiqotlari qo'llab-quvvatlamoqda, deb yozadi Germaniyaning Süddeutsche Zeitung nashri.

Olimlar o'z tadqiqotlarida virusning tarqalishi haqidagi genetik tahlillar va komp`yuter modellarini birlashtirdi. Agar tadqiqotchilarning hisob-kitobi to'g'ri bo'lsa, u holda 11 million odam yashaydigan Uxan shahri virus ilk bor paydo bo'lgan joy emas. Aksincha, virus bir turdan ikkinchisiga o'tgach bir necha haftadan so'ng infektsiya tarqalgan bo'lishi mumkin.  

Mualliflarning ta'kidlashicha, koronavirus 2019 yil oktyabr oyining o'rtalaridan boshlab Uxan atrofidagi Xubey viloyatida asta-sekin tarqalib ketgan. Dekabr` oyi oxirida Uxan shahridagi Xuanan` bozorida kattaroq epidemiya sodir bo'lmaguncha, bu rasmiy ravishda aniqlanmadi.

O'sha paytgacha shaharning boshqa joylarida odamlarda o'pka kasalligi holatlari allaqachon paydo bo'lgan edi. Bu shuni ko'rsatadiki, virus ehtimol o'z xo'jayinini o'zgartirgan va megapolisga hayvon orqali emas, odam tanasida etib kelgan, deb yozadi maqola muallifi.