Joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrining Turkiston MFY 55(A)-uy 21-xonadonida istiqomat qiluvchi fuqaro shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limiga qo'ng'iroq qilib, ehtiyotsizlik oqibatida eshik qulflanib qolganligi va xonadonda 1 yoshli bolasi qolib ketganligini bildirib, tashvishlanib, murojaat qilgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga etib borgan FVB qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan bolajonni onasiga sog'-salomat topshirdi.

O'z navbatida, FVV barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg'iz qoldirmaslikni so'rab qoladi.