AOKAda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda savollarga javob qaytarildi.
«Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qaroriga asosan, 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari (fuqaro mehnat migranti boʻlganda uning nomidan oila aʼzolari ham ariza berishi mumkin) uy-joy sotib olishda boshlangʻich badal yoki kredit foizining bir qismini qoplash boʻyicha subsidiyalar olish yuzasidan joriy yilning 1-martidan 1-oktyabriga qadar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali orqali ariza berishlari mumkin.
Quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
- Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari;
- Oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (toʻliq oila va voyaga yetgan farzandi(lari) boʻlganda) va farzandlarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga yetmagan boʻlsa) nusxasi;
- Nikoh bekor qilingani haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqimiy emas deb topilgani toʻgʻrisidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati toʻgʻrisida FHDYO organlari arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
- Turar-joyining kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar;
- Turar-joyining uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl boʻyicha) nusxalari;
- Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida maʼlumotnoma.
- Ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshirilishi belgilangan.
Mazkur parametrlar belgilangach, “Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga YAIDXP” (my.gov.uz) hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza berish mumkin boʻladi. Arizalar qabul qilinishi boshlanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi».