— Namanganning yetakchi tarmoqlarida sanoat klasterlari tashkil etish, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali 400 mingta yangi ish oʻrni yaratilib, aholi daromadini kamida 2 baravarga oshirish va kambagʻallikni ham 2 baravarga qisqartirish ustuvor vazifa boʻladi.
Birinchi yoʻnalish - tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 4,6 trillion soʻm kredit ajratish hisobiga 164 ming yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Uychi tumani hokimining 57 ta (har bir mahallada) yordamchisi boʻladi - deydi Shavkat Mirziyoyev.