Taraqqiyot asriga xos, zamonaviy va muhtasham qiyofa kasb etgan maktab endilikda 1650 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olish imkoniyatiga ega.

Muassasaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Gʻulomjon Murodxo‘jayev, tuman hokimi Shuhrat Musayev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.b Muzaffar Isayevlar barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarni tabriklab, kelgusi faoliyatlariga zafar tiladi.

3 qavat 420 o‘rindan iborat yangi o‘quv binosi 14 ta sinf xonasini  o‘z ichiga olgan bo‘lib, to‘garak, mehnat, kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, xorijiy tillarni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv xonalarining barchasi yangi o‘quv yiliga taxt holda o‘quvchilarga quchoq ochmoqda.