Maqsad esa bitta. Duogoʻylarimizning markazga kelib davlat xizmatlaridan foydalanishlarida turli qiyinchiliklarga chek qoʻyishdan iborat.

Yangiqoʻrgʻon tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tumandan 35 kilometr uzoqdagi “Zarkent” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor xizmat tadbirlari jarayonida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi Meliboy Aliboyev xonadoniga borib xizmat koʻrsatdilar. Meliboy otadan kadastr pasportini shakllantirish boʻyicha ariza olindi.

- Yoshim 85 da. Yashash xonadonimning kadastr pasportini, meningcha, 3-4-marta yangilaganman. Avvallari, bu yumushlarni hal etish uchun tuman markaziga qatnashga toʻgʻri kelardi. Ustiga-ustak hali u idora, hali bu idora oldida navbat kutib haftalab, baʼzi paytlarda oylab vaqt ketardi. Toʻgʻrisi, juda koʻp qiyinchiliklar, ovoragarchilik boʻlardi. Mana, endi esa bularni bajarishga nari borsa 20 daqiqa kifoya qilarkan. Hujjatlaringiz joyida boʻlsa, ortiqcha yugur-yugurlarsiz ishingiz bitadi. Men hozir markazga ham oʻtmay xizmatdan foydalandim. Masʼul xodimlar uyimga kelib, xizmat koʻrsatishdi. Oldinlari uy u yoqda tursin, mahallamizga ham kelishmasdi. Zamon oʻzgarib, uyimizga tashrif buyurib xizmat koʻrsatishdi. Behad mamnunman, shu qulayliklardan, yaratilgan imkoniyatlardan xursandman, - deydi Meliboy ota Aliboyev.

Norin tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari ham “Doʻmar” mahallasida yashovchi nogironligi bor Shavkatjon Gʻoyibboyevga xonadonida xizmat koʻrsatdilar. Qolaversa, “Boyovul” mahallasida yashovchi Mashrabxon Yoʻldoshevaning uzogʻi yaqin boʻlishiga koʻmaklashdilar.

Orifjon JOʻRAYEV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.