«Uyda yolg‘iz» yangi talqinda

    Madaniyat 5 Noyabr 2021 2060

    Bolalaikdan barchamizga tanish va sevimli bo‘lgan «Uyda yolg‘iz» filmining yangi talqindagi tizeri e’lon qilindi.

    Bolakayning oqilona o‘ylangan shumliklari sabab o‘g‘rilarning tuzoqqa tushib qolishi qiziqarli tarzda tasvirlangan mazkur film 20 the Century Fox kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

    Oila azolari Yaponiyaga ta'tilga ketgan maktab o‘quvchisi Maksning uyiga kirgan o‘g‘rilar noyob buyumni o‘g‘irlamoqchi bo‘ladi. Ammo ularni sarguzasht qopqoni kutib turar edi.

    Filmda shuningdek, Rob Delani, Elli Kemper, Kenan Tompson, Eshlin Bi, Timoti Saymons va boshqalar rol ijro qilgan.

    Filmining navbatdagi yangi talqini 12-noyabrda Disney+ platformasida premera qilinadi, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.

    Feruza Jo‘raeva.