5-may kuni “UzAuto Motors” kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun shartnomalar berishni ushbu modellarning konfiguratsiyasi yangilanishi munosabati bilan vaqtincha toʻxtatgandi. Kompaniya oradan 20 kuni oʻtib shartnoma berish boshlanishini maʼlum qildi.
Chevrolet Onix avtomobilining barchaga tanish olti komplektatsiyasi va Chevrolet Trackerʻning uch komplektatsiyalariga qoʻshimcha yangi Premier Plus va Redline modifikatsiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin. Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq boʻlgan avvalgi komplektatsiyalarning narxi oʻzgarishsiz qoladi.
“Yangilangan komplektatsiyalar ham xuddi boshqa komplektatsiyalaridek “UzAuto Motors”ning Asakada joylashgan avtozavodida kuzov payvandlash, boʻyash va yigʻish kabi ishlab chiqarishning toʻliq sikli asosida ishlab chiqariladi”, — deyiladi xabarda.