Forum davomida “UzAuto Motors” AJning yengil avtomobillarini ishlab chiqarish “Auto Motors Tadjikistan” qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha bitim imzolandi. Mazkur loyiha 2021-yilning 21-aprel kuni Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri – Sherali Kabirning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan.

Unga koʻra, 2021-yilning 5-7-may kunlari “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan ishchi guruh Tojikiston Respublikasida boʻlib, hamkor “AlyuminSoxtmon” kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatini oʻrganib, qoʻshma korxona yaratish boʻyicha muzokaralar olib borib qaytdi.

Umumiy qiymati 2 mln AQSH dollarini tashkil qilgan loyihaning dastlabki bosqichida ishlab chiqarish hajmi 10 000 dona transport vositasini tashkil qilsa, kelgusida uni 35 000 donaga oshirish rejalashtirilgan.

Elatib oʻtamiz, 2020-yilning 28-mart kuni Qozogʻistonning Koʻstanay shahrida “Sarыarka AvtoProm” MCHSH ishlab chiqarish quvvatlarida “Chevrolet” brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarining yigʻish yoʻlga qoʻyildi.