UzAuto Motors bosh direktori jarimaga tortildi

    Sanoat 16 Sentabr 2024 781

    UzAuto Motors bosh direktori Bu Inge Andersson ish haqining 5 foizi miqdorida jarimaga tortildi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot portalida maʼlum qilindi.

    Bildirilishicha, UzAuto Motors bosh direktori Bu Inge Andersson Jamiyatning tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorliklarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrmagan.

    Shundan kelib chiqib, unga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan ish haqining 5 foiz miqdorida jarima tariqasidagi intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

    Qaror ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish Jamiyatning Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori (I.Abdullayev) va Moliya direktoriga (I.Radjabov) yuklatilgan.