Ma'lum qilinishicha, fuqaro A.Nazarov va “G‘ijduvon Avtotexxizmat” MCHJ o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan umumiy summasi 398 million so'm bo'lgan avtomashinani xarid qilgani, shartnomada ko'rsatilganidek, avtomobil` 7500 kilometr yurgandan so'ng moyini almashtirish maqsadida “Buxoroavtotexxizmat”ga murojat qilgani, ustalar mashinani ko'zdan kechirish paytida unda defekt borligini ma'lum qilgan.
Iste'molchi holat yuzasidan bir necha marotaba “G‘ijduvon Avtotexxizmat” MCHJga murojaat qilgan, korxona kafolat muhandisi nosoz detallni 3 oyda olib kelib berishini aytib o'tgan bo'lsa-da, oradan qariyb 1 yil vaqt o'tganiga qaramasdan muammo echimsiz qolgan.
Shundan so'ng Federatsiya xodimlari tomonidan Buxoro tumanlararo sudiga davo ariza kiritildi. Sud qaroriga asosan “Uzavto Motors” AJdan iste'molchi foydasiga 199 million so'm moddiy va 10 million so'm ma'naviy zarar, qolaversa, davlat foydasiga 14 million 768 ming 800 so'm mablag' undirildi.