“Uzbekistan Airways” 33-yilligi munosabati bilan chegirma eʼlon qildi

    Transport 27 Yanvar 2025 1359

    Chegirma barcha yoʻnalishlar boʻyicha faqat bir kun – 2025-yil 28-yanvar kuni amal qiladi.

    Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining 33-yilligi sharafiga iqtisodiy va biznes klass xizmatlarining tariflariga 30% chegirma eʼlon qiladi.

    Chegirmali aviachiptalarni booking.uzairways.com saytidan, aviakompaniya agentlaridan va Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilishingiz mumkin. Yoʻlovchi va yuk tashish tarifiga qoʻshimcha ravishda turli soliqlar, yigʻimlar va qoʻshimcha toʻlovlar belgilanadi, ularga 30% gacha chegirma qoʻllanilmaydi, — deyiladi xabarda.