4-sentyabrdan boshlab:
Toshkent- Dubay- Toshkent – haftada bir marta- juma kunlari;
10-sentyabrdan boshlab:
Toshkent- Frankfurt -Toshkent – haftada bir marta- payshanba kunlari;
11-sentyabrdan boshlab:
Toshkent- Olmaota- Toshkent – haftada bir marta- juma kunlari;
14-sentyabrdan boshlab:
Toshkent- Bishkek- Toshkent – haftada bir marta- dushanba kunlari;
Toshkent- Istambul- Toshkent – 4, 7, 11, 14, 16, 18, 21, 23, 24, 25, 28 va 30-sentyabr kunlari.
Yuqorida nomlari qayd etilgan mamlakatlardan “Uzbekistan airways” AJ reyslarida Oʻzbekistonga uchib kelmoqchi boʻlgan yoʻlovchilar parvozdan 72 soatgacha avval olingan ingliz va rus tillarida COVID-19ga manfiy test natijalarini koʻrsatishlari kerak boʻladi (testning manfiy natijasini koʻrsat olmagan yoʻlovchilar reysga qoʻyilmaydi).
COVID-19ga manfiy test natijalarini boʻlgan yoʻlovchilar parvozdan avval termometriyadan oʻtishlari, hamda ikki haftalik oʻzini-oʻzi yakkalashga roziligi haqidagi anketani toʻldirishlari kerak boʻladi.
-Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — oʻzini-oʻzi yakkalash doimiy yashash manzilida amalga oshiriladi;
- chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekistonda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtgan joyida.
Uchib kelgan yoʻlovchilarda yuqori harorat (yoki boshqa alomatlar) aniqlansa, ular “Toshkent” aeroportida tekshiruvdan oʻtadi. Testning musbat belgisi aniqlangan yoʻlovchilar shifoxonaga yotqiziladi.
Yana shuni maʼlum qilish joizki, yuqorida qayd etilgan mamlakatlarga uchib ketmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu mamlakatlardagi sanitar talablarni mustaqil oʻrganishlari, shuningdek avia chipta xarid qilishdan avval u yerga borishga huquq beruvchi asoslarning mavjudligiga amin boʻlishlari kerak boʻladi, deb xabar beradi “Uzbekistan airways” AJ matbuot xizmati.