Uzbekistan Airways faqat bir kunga Tel-Avivga uchmaydi

    Uzbekistan Airways matbuot xizmatining xabar berishicha, faqat 2024-yil 15-aprel kuni HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnovlari bekor qilindi.

    Bu boradagi qaror Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilishi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini taʼminlash zarurati bilan bogʻliq holda qabul qilindi.

    Faqat 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablagʻlarini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yoʻlovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari soʻraldi.

    Uzbekistan Airways yoʻlovchilar xavfsizligi hamma narsadan ustun ekanligi eslatib oʻtildi.