“Uzbekistan Airways” talabalar uchun bayram arafasida chegirma eʼlon qildi

    “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi talabalar uchun 50% chegirma eʼlon qildi.

    Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, chegirmadan oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari mahalliy yoʻnalishlar uchun foydalanishlari mumkin.

    Chegirma joriy yilning 23-dekabridan boshlab 2024-yilning 7-yanvarigacha boʻlgan aviaqatnovlarga amal qiladi.

    Aviachiptalarni kompaniya saytidan, aviakompaniya agentlaridan, shuningdek, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan “Uzbekistan Airways Sales” filialidan xarid qilish mumkin.