баннер
27 Apr 2025
01:07

    Uzbekistan Airways turkiyalik mijoziga yetkazgan maʼnaviy va moddiy zararni qoplaydigan boʻldi

    Raqobat qoʻmitasiga Turkiya fuqarosi tomonidan murojaat kelib tushdi.

    Murojaatda “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasining Anqara–Toshkent reysida yoʻlovchining sogʻligi uchun muhim boʻlgan maxsus (glyutensiz) ovqat yetkazib berilmaganligi taʼkidlangan.

    Bundan tashqari, murojaatda samolyot salonining sanitariya-gigiyena holati talabga javob bermagani – yoʻlovchi oʻtirgan joyda oldingi reysdan qolgan chiqindilar mavjudligi ham koʻrsatib oʻtilgan.

    Yoʻlovchi chipta sotib olish chogʻida oʻz sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyatni oldindan aviakompaniya bilan kelishib olgan va aviakompaniya ushbu maxsus ovqat reysda taʼminlanishini kafolatlagan edi. Biroq parvoz kuni bu talab bajarilmagan.

    Qoʻmita tomonidan “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasiga yuborilgan soʻrov boʻyicha oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida yoʻlovchi haq ekani, maxsus ovqatni Anqara aeroportidagi keytering xizmati tomonidan yetkazib berilmagani tasdiqlandi.

    Natijada, yoʻlovchiga yetkazilgan maʼnaviy va moddiy zararni qoplash maqsadida aviakompaniya tomonidan isteʼmolchining keyingi reysida xizmat koʻrsatish klassini biznes-klassga oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi va manfaati himoya qilinishi taʼminlandi.

    Shu bilan birga, samolyot salonidagi sanitariya-gigiyena holati boʻyicha ham masʼul tashkilotga qoʻshimcha nazorat choralari oʻrnatilishi belgilandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech